Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Terri Anri kelgusi mavsumdan ingliz klubida rasman ish boshlaydi. Anri «Arsenal» U-18 jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi sifatida ish boshlaydi.
Mart oyida Anri A kategoriyadagi litsenziyaga ega bo‘ladi. Bu murabbiy uchun chempionship darajasidagi yoki har qanday futbol akademiyasida ishlash huquqini beradi.
Qayd qilinishicha, Anri yoshlar jamoasini boshqaradigan Kvame Ampaduga yordamchilik qiladi. Ampadu U-16 jamoasi bilan ko‘rsatgan yuqori natijalari sabab klub rahbariyatining e'tiboriga sazovor bo‘lgan.
Anri murabbiylik faoliyati bilan birga televideniyeda ekspertlikni ham davom ettiradi.