Open Road Films studiyasi Oliver Stoun tomonidan suratga olingan «Snouden» filmining ilk treylerini namoyish etdi.
Rolikda dasturchi Edvard Snouden qanday qilib AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga kelib qolgani, keyin esa Amerika milliy xavfsizlik xizmati butun dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari va mobil aloqalar kuzatuvi haqidagi maxfiy ma'lumotlarni matbuotda tarqatishga qaror qilgani haqida qisqacha hikoya qilingan.
Filmdagi bosh rolni Jozef Gordon-Levitt ijro etgan. Shuningdek, Ris Ivans, Sheylin Vudli, Nikolas Keyj va Timoti Olifantni ham filmda ko‘rish mumkin. Kinoning AQShdagi premerasi 16 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.