Ukrainaning Donbass viloyatida VGTRK telekanalining jurnalistlarini o‘ldirganlik ishi bo‘yicha Rossiyada sudlangan Ukraina fuqarosi Nadejda Savchenkoning Ukrainaga topshirilish jarayoni boshlandi, biroq u bir oydan ikki oygacha vaqt olishi mumkin, deb ma'lum qildi RIA “Novosti” axborot agentligiga Savchenkoning advokati Mark Feygin.
"Men Savchenkoning jazoni Ukrainada o‘tash uchun topshirilishga roziligi haqidagi arizasini oldim. Tartib bo‘yicha unga bu jarayonni boshlovchi hujjatlar to‘ldirish uchun berilishi kerak edi. Fikrimcha, jarayon boshlangan, biroq u tez bo‘lmasligi va 1-2 oy vaqt olishini tushunish lozim", deb aytdi Feygin.
Savchenkoning yana bir advokati Nikolay Polozov RIA “Novosti” axborot agentligiga 29 aprelda Savchenkoning yoniga tergov izolyatoriga borishini ma'lum qilgan.
"Men Nadejdaning oldida juma kuni bo‘laman va uning topshirilishi jarayoni borasida aniqlik kiritib olaman", deb aytdi Polozov.
Avvalroq Ukraina OAVda Savchenkoning singlisi Veraning opasi bilan uchrashgandan keyingi izohlari paydo bo‘lgandi. Veraning aytishicha, Nadejda tergov izolyatori boshlig‘i tomonidan unga berilgan qandaydir hujjatlarni to‘lg‘azayotgan bo‘lgan.
Savchenko Donbassda rossiyalik jurnalistlarning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.