Rossiya Polshadan Sovet armiyasi askarlarining Vrotslavdagi yodgorlik qabristoni bilan bog‘liq vandallik holati uchun kechirim so‘rashini talab qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham aybdorlarni jazolashni talab qildi.
"Varshavadan "jinoyatchilarni qidirish va jazolash bo‘yicha choralar ko‘rish, yodgorlikni dastlabki ko‘rinishiga keltirish va rasmiy uzr keltirishini talab qilamiz", deyilmoqda xabarda.