Qohira "Mistral" kemalari uchun uskunalarni sotib olish maqsadida Moskvaga murojaat qildi

Iqtisodiyot 23:36 / 27.04.2016 1476

Misr "Mistral" vertolyot tashuvchi kemalaridan yechib olingan Rossiya uskunalarini sotib olmoqchi. Rossiya va Misr bu masalani ko‘rib chiqishmoqda, deb ma'lum qildi "Interfaks" axborot agentligiga Misr mudofaa vaziri o‘rinbosari Muhammad Al-Qashqiy.

Rossiya 2011 yilda Fransiyaga "Mistral" kemalari qurib berish uchun buyurtma bergan, biroq 2014 yilda Parij kemalarni sotishni Ukrainadagi vaziyat sababli muzlatib qo‘ygan. 2015 yil avgustida Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Fransua Olland kemalarni qurish va yetkazib berish bo‘yicha shartnomaning amal qilishini to‘xtatishga va Rossiyaga shartnoma bo‘yicha to‘langan pullar hamda yetkazib berilgan Rossiya uskunalari va materiallarini qaytarib berilishiga kelishib olganlar.

Shundan keyin Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Rossiya Fransiyaga kemalar uchun to‘lagan pulidan 3 barobar ko‘proq pul undirib olganini ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, shartnomaning bekor qilinishi Fransiyaga 1 mlrd dollarga aylangan.

Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov Qohira kemalar uchun 1 mlrd dollardan ko‘proqqa Rossiya vertolyotlari va uskunalari sotib olishi mumkinligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: