Patrushev: «rangli inqiloblar» terrorizmga sabab bo‘ladi

Jahon 13:44 / 27.04.2016 5051

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Moskva konferensiyasi doirasida bergan bayonotiga ko‘ra, AQSh va Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashda hamkorligi o‘rnak olsa arzigo‘lik hodisadir.

«Rossiyaning Suriya masalasida AQSh bilan hamkorlik qilishi, turli mamlakatlarning xalqaro terrorizmga qarshi kurashda nafaqat mumkin bo‘lgan amaliyot, balki ta'sirchan qurol ekanini isbotlaydi», — dedi Patrushev.

Bundan tashqari, Patrushevning fikricha, «rangli inqiloblar» xalqaro siyosatning terrorizmga sabab bo‘luvchi salbiy omillaridan biridir.

Xavfsizlik kengashi kotibi, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning konferensiyaga yo‘llagan murojaatini o‘qib bergan.

Davlat rahbari Rossiya harbiy kosmik kuchlarining Suriyadagi harbiy amaliyotlari ahamiyatini qayd etib, u «vaziyatni tubdan o‘zgartirish hamda ziddiyatni siyosiy yo‘l bilan hal etish uchun tomonlar o‘rtasida muloqotni davom ettirish borasida qulay sharoit yaratgani»ni ta'kidlagan.

Ko‘proq yangiliklar: