O‘zbekistonliklarning 81,5 foizi ShHT sammiti arafasida Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholadi

Jamiyat 11:51 / 27.04.2016 1873

"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Fuqarolar Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining bo‘lib o‘tadigan majlisi haqida” mavzuida ekspress-so‘rov o‘tkazdi.

So‘raluvchilarning 81,5 foizi ShHT sammiti arafasida Toshkentning tashqi qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholagan. Ularning fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlarining uchrashuviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda va ular poytaxt qiyofasi kun sayin o‘zgarib borayotganidan mamnun.

Shuningdek, 92,1 foizi kishi ShHTni eng nufuzli xalqaro tashkilotlardan, deb hisoblaydi. Ushbu xalqaro tuzilma terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy savdosi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgani ta'kidlangan. Fuqarolarning fikricha, ShHT eng ta'sirli xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: