Germaniya tashqi razvedka xizmati rahbari ishdan bo‘shatildi

Jahon 09:33 / 27.04.2016 2251

Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) rahbari Gerxard Shindler boshqarma talabiga ko‘ra, o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Sueddeutsche Zeitung ma'lumotiga ko‘ra, 2012 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan 63 yoshli Shindlerning o‘rnini ma'muriyatning boshqa xodimi Bruno Kal egallaydi.

Germaniya hukumati va federal xizmat tomonidan bu xabarga munosabat bildirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: