Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish jinoyati uchun jarimalar oshiriladi

Jamiyat 21:23 / 27.04.2016 6505

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni imzoladi. Bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 30 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 31 martda ma'qullangan. Hujjat matni "Xalq so‘zi" gazetasida nashr etilgan. Hujjat e'lon qilingan kunidan boshlab kuchga kirgan.

Jumladan kodeksning 131-moddasi qo‘yidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:

G‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilish — eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) voyaga yetmagan shaxsni jalb qilgan holda;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ushbu Kodeksning 135 yoki 137-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni ilgari sodir etgan shaxs tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ko‘proq yangiliklar: