Yevropa Ittifoqi Rossiyani Arktikadagi hamkorlik ishtirokchisi sifatida ko‘rmoqda, deb aytdi Bryusselda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini.
"Biz bu yo‘nalishdagi harakat (muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik) davom etishi va hattoki, bu xavfsizlik kengayishi va chuqurlashishini istaymiz. Bu Rossiya va boshqa Arktikada hududga yoki bu hududla faollikka rejalarga, yoki manfaatlarga ega bo‘lgan boshqa davlatlar, misol uchun Xitoy bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi", deb aytdi Mogerini.
Mogerini Yevropa Ittifoqida bu hududda o‘z manfaati borligini ta'kidlab o‘tdi.
"Arktika o‘zidan katta salohiyatni, biroq shu bilan birga katta chorlovni aks ettiradi, biz bu chorlovni birgalikda muhokama qilishimiz va unga birgalikda javob berishimiz kerak, chunki bu umumiy hudud. Hanuzgacha hamkorlikning imkoni bo‘lgan va biz uning davom etishini istaymiz", deb aytdi Mogerini.
Mogerini matbuot-anjumanda Yevropa Ittifoqining Arktikadagi siyosati haqidagi hujjatni taqdim qildi. Bu hujjat o‘z ichiga uchta asosiy yo‘nalishni olgan: iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilish, Arktika hududining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, Arktikaning YeIning tashqi xavfsizlikka taalluqli strategik rejalaridagi tayanch roli.