Apple Kremniy vodiysi kompaniyalaridan 40 foiz ortiq daromad qildi

Iqtisodiyot 11:31 / 27.04.2016 1944

Apple korporatsiyasi besh yildan buyon ketma-ket Kremniy vodiysidagi eng daromadli kompaniya bo‘lib kelmoqda. Bu haqda har yili o‘tkaziladigan San Jose Mercury News tadqiqot natijalariga asoslanib, Business Insider xabar berdi.

Tadqiqodchilarning aniqlashicha, Apple ulushi butun vodiy kompaniyalari daromadining 40 foizini tashkil etgan.

O‘tgan yili Kremniy vodiysidagi boshqa kompaniyalar daromadi o‘rtacha 6,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, kompaniya ko‘rsatkichi 18 foizga yetdi. Qolaversa, savdo hajmi bo‘yicha Apple mahsulotlari 833 milliard dollarning 28 foizini tashkil etdi.

Shunga qaramay, Apple qarzdorlik bo‘yicha ham yetakchilik qiladi. Kompaniyaning umumiy qarz miqdori 77 foizga yetadi.

Ma'lumot uchun, Kremniy vodiysi – inglizcha Silicon Valley – AQSh Kaliforniya shtati San-Frantsisko shahrida joylashgan maydon. Bu yerda kompyuter va uning tarkibiy qismlari, asosan, mikroprotsessorlar, shuningdek, dasturiy ta'minot, mobil aloqa qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab yuqoritexnologik kompaniyalar joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: