Xitoylik professor kech qolgan talabalarni minglab smayliklar chizdirib jazoladi

Jamiyat 18:01 / 26.04.2016 1524

Xitoyning Chendu shahridagi Elektron fanlar va texnologiyalar Uuniversiteti professori kech qolgan talabalarni jazolashning g‘aroyib usulini qo‘lladi. U talabalarni qo‘llari bilan mingta smaylik-emotikonlar chizib chiqishga majbur qilgan. Bu haqda The Straits Times xabar tarqatdi.

Xitoy ta'lim muassasalarida ayb ish qilgan o‘quvchi-talabalarni katta hajmli matnlar yozdirib jazolash usuli avvaldan mavjud. Biroq emotikonlar bilan bog‘liq voqea haqidagi xabar xitoyliklar o‘rtasida ommalashib ketdi.

Hodisaga hamma ham bir xilda hazil bilan yondashmadi, professorni talabalarni befoyda mashg‘ulot bilan band qilganini tanqid etuvchilar ham topildi.

Ko‘proq yangiliklar: