Toshkentda marketing va reklama bo‘yicha ADFORUM forumi bo‘lib o‘tmoqda

Iqtisodiyot 19:24 / 26.04.2016 1656

25 aprel kuni Toshkentda ADWEEK.UZ Marketing va reklama haftaligi doirasida ikki kunlik ADFORUM 2016 marketing va reklama forumi ochildi.

ADFORUM 2016 qatnashchilari reklamani boshqarish, tovar belgisi muhofazasi, mediarejalashtirish, brendni shakllantirish va olg‘a siljitish masalalarini muhokama qilmoqda. Forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada milliy kompaniyalarning mahsulot va xizmatlari taqdim etildi.

Ilk bor tashkil etilgan ADWEEK.UZ haftaligi reklama va marketing bozorini rivojlantirishda bilim va tajribalarni almashish uchun qulay maydon bo‘lishi lozim, deya ta'kidladi forum ochilishida Davlat raqobat qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i Najmiddin Sharipov.

Haftalik doirasida ADBRAND 2016 brendlar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 27 aprel kuni yopilish marosimida e'lon qilinadi.

Suratlar manbasi: facebook.com/infocom.uz

Ko‘proq yangiliklar: