Rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy 70 yoshga to‘ldi

Jahon 00:54 / 26.04.2016 1276

25 aprelda rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy 70 yoshini nishonladi. Jirinovskiy Rossiyaning eng yoshi ulug‘ partiyasi "Rossiya liberal-demokratik partiyasi" rahbari, ajoyib notiq, "turli jirkanch ishlar ustasi", bir qiyofada ham qirol, ham masxaraboz, bugun bitta narsa aytsa, ertasiga teskarisini aytadigan siyosatchi. Uni ham yaxshi ko‘rishadi, ham nafratlanishadi, biroq unga befarq qarab bo‘lmaydi.

Jirinovskiy Yevropa kengashi parlament assambleyasi (PASe) a'zosi hisoblanadi. Besh marotaba (1991, 1996, 2000, 2008, 2012 yillar) Rossiya prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etgan.

1971 yildan beri Galina Lebedeva bilan birga turmush kechirib keladi, 2 o‘g‘il va bir qizi bor.

Jirinovskiy o‘z yubileyini Manejniy maydonida nishonladi. Ma'lum qilinishicha, siyosatchining yubileyini nishonlagani 12 mingdan ziyodroq odam kelgan. Mehmonlar "Jirinovskiy shokoladda" muzqaymog‘i, teshkulchalar, pryaniklar va kvas bilan mehmon qilindilar. Yubilyarning o‘zi tantanada ZIL kabrioletida paydo bo‘ldi. Unga sahnagacha gilam solib berildi hamda sovg‘alarni qabul qilish punkti tashkillashtirildi.

Vladimir Jirinovskiy uning siyosiy faoliyatining 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada.

Maktab chog‘lari.

Rafiqasi Galina Lebedeva bilan kumush to‘yini nishonlamoqda.

Vladimir Jirinovskiy yoshligida.

Vladimir Volfovichning 65 yoshligiga sovg‘a qilingan, "Avatar" filmidagi qahramon obrazidagi surati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan Jirinovskiy Kremlning Yekaterininskiy zalida davlat unvonlari topshirilishi marosimida.

Jirinovskiyning 70 yilligiga haykaltarosh Zurab Tsereteli tomonidan unga sovg‘a qilingan, bronzadan quyilgan 3 metrlik haykali.

Ko‘proq yangiliklar: