Putin: O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori va ittifoqchisi hisoblanadi

Iqtisodiyot 21:41 / 26.04.2016 1862

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonni Rossiyaning strategik hamkori va ishonchli ittifoqchisi sifatida atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

U O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvdan keyin shu haqda aytgan.

Putin shuningdek, Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo bo‘yicha hamkorlari orasida ikkinchi o‘rinda turishini qayd etgan.

"Bizning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 17 foizni tashkil etadi", degan Putin.

U bir qator muammolarni ham qayd etgan.

"Bu kurslardagi farq tufayli. Shuning uchun, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmida pasayish qayd etilgan. Lekin amalda o‘zaro savdo hajmi kamaymagan, hatto yilning birinchi choragida 7,9 foizlik o‘sish kuzatilgan", deydi Putin.

Ko‘proq yangiliklar: