Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvni boshladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, bugungi uchrashuv norasmiy ko‘rinishga ega.
Putin va Karimov o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar 26 aprelga belgilangan.
Prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralarda rasman iqtisodiyot masalalari haqida gap ketishi belgilangan.