Polsha davlat rahbari Anjyey Duda mamlakat mudofaa vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvida Rossiya imperiya davri siyosatiga qaytayotgani haqida bayonot bergan, deb xabar qiladi «Radio Polsha».
«Rossiya imperiya siyosatiga qaytgani va rahbariyati qanday qadamlar tashlayotgani hech kimga sir emas. 2008 yil Gruziyadagi voqealar, so‘nggi yillarda Ukrainada bo‘layotgan hodisalardan barchamizning xabarimiz bor, albatta. Yaqindagina, rus samolyoti ishtirokida Boltiq dengizida yuz bergan voqeani ham yaxshi bilamiz», — degan prezident Duda.
Uning qayd etishicha, «xavfsizlik masalasi, qo‘mondonlik tizimi faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hamda kuchli va salohiyatli armiyaga ega bo‘lish hukumatning bosh vazifalaridan biridir».
Bundan avval, Polsha prezidenti Rossiya yangi "sovuq urush"ni boshlab berayotgani haqida fikr bildirgan edi.