O‘zbekistonda internet-ektremistlarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi qo‘llanadi

O‘zbekiston 23:19 / 26.04.2016 8029

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonuni imzoladi. Bu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 30 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 31 martda ma'qullangan. Hujjat matni "Xalq so‘zi" gazetasida chop etilgan. Hujjat e'lon qilingan kunidan boshlab kuchga kirgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasining Jinoyat Kodeksining Oltinchi bo‘lim (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar), 17-bob (Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar), 244-1-moddasiga (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar tayyorlash yoki tarqatish) o‘zgartirishlar kiritilgan.

Modda nomidagi «tayyorlash yoki tarqatish» degan so‘zlar «tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish» degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

Birinchi qismning dispozitsiyasidagi «shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa» degan so‘zlar «shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash» degan so‘zlar bilan almashtirilgan.

Ikkinchi qismning dispozitsiyasi «shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish» degan so‘zlar bilan to‘ldirilgan.

Uchinchi qismi dispozitsiyasining «v» bandi quyidagi mazmundagi «v» va «g» bandlar bilan almashtirilgan:
«v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon ­axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa»;

Jinoyat Kodeksida bunday jinoyatlar uchun besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

Modda qismlarining o‘zgartirishlargacha ko‘rinishi:

244-1-modda: Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi, shuningdek, fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish;

244-2-modda: Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish;

244-3-modda: Diniy mazmundagi materiallarni tar­qatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatishda aybdor bo‘lgan shaxslar yuqorida ta'kidlanganidek O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan javobgarlikka tortiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: