AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Koreya tuzumini katta xatar deb ta'riflab, uning harakatlarini oldindan aytib bo‘lmaydigan deb aytdi.
AQShda oldini oluvchi chora sifatida Shimoliy Koreyaga qarshi yadroviy zarba berish imkoniyati borligi aytilmoqda. Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreyani "yetarlicha mavhumligi", uning yetakchisi Kim Chen Inni esa "ularning yaqinlashishini istamaydigan darajada mas'uliyatsiz" ekanligini aytdi.
"Bizning birinchi navbatdagi vazifamiz amerika xalqi va bizning ittifoqdoshlar – Koreya Respublikasi va Yaponiyani Shimoliy Koreyaning ig‘vogar harakatlaridan himoyalash hisoblanadi", deb aytdi Obama.
Obama bunday vazifa oddiy yechimga ega emasligini qo‘shimcha qildi.
"Biz Shimoliy Koreyani shak-shubhasiz qurol-aslahamiz bilan yo‘q qilib tashlashimiz mumkin. Biroq bu gumanitar chiqimlardan tashqari, Shimoliy Koreya muhim hamkorimiz – Janubiy Koreyaning bevosita yaqinida joylashgan", deb ta'kidladi Obama.
Obamaning aytishicha, AQSh ayni vaqtda havo hujumiga qarshi tizimlarni joylashtirish uchun ko‘p vaqt sarflamoqda. Shu tariqa, AQSh Shimoliy Koreya hozirda namoyon qilayotgan yetarlicha kichik xavfni to‘sishga qaratilgan qalqon o‘rnatmoqda.