Nigeriyada garovga olingan turkiyalik dengizchilar ozod etildi

Jahon 16:29 / 26.04.2016 902

11 aprel kuni Nigeriya qirg‘oqlari yaqinida jangarilar tomonidan garovga olingan Turkiyaning "M/T Pul" tankeri dengizchilari qo‘yib yuborilgan. Hurriyet agentligi xabariga ko‘ra, undagi turkiyalik 6 nafar dengizchi ayni vaqtda ozodlikda.

11 aprel kuni qurollangan shaxslar kemani to‘xtatib, undagi olti kishini, shu jumladan kema kapitanini olib ketishgandi. Tanker boshqa dengizchilar tomonidan eng yaqin portga olib borilgandi.

Gazeta xabarida "Kaptanoglu" tankeri egasi hisoblanadigan "Kaptanoglu Denizjilik" kompaniya advokati Fexmi Ulgenerga asoslanib, ma'lum qilishicha, dengizchilarning barchasi sog‘-salomat.

OAV: Qaroqchilar Nigeriya sohillarida turkiyalik olti dengizchini o‘g‘irlab ketishdi

Ko‘proq yangiliklar: