AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton agar prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lsa, o‘z ma'muriyatining yarmini ayollardan tuzishga va'da berdi, deb xabar bermoqda MSNBC.
"Mening ma'muriyatim Amerika kabi bo‘ladi, Amerikaning 50 foizi esa ayollardan tashkil topgan", deb aytdi Klinton.
Klinton bu mavzuda boshqa izohlar bermadi.