Gvardiola «Barselona» darvozabonini «Manchester Siti»ga olib o‘tmoqchi

Sport 17:58 / 26.04.2016 1710

«Manchester Siti» klubining bo‘lajak bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Barselona» darvozaboni Marka-Andre ter Shtegenni yangi jamoasida ko‘rish fikridan qaytmayapti, deya xabar beradi Marca.

Manba bergan xabarga ko‘ra, kataloniyalik mutaxassis nemis futbolchisining Barselonadagi hozirgi holatidan to‘liq qanoat hosil qilmayotganidan foydalanib, ushbu transferni amalga oshirmoqchi. Ter Shtegen Ispaniya chempionati o‘yinlarida ishtirok etmayapti, bu esa unga ma'qul kelmayapti. Oldinroq u vaziyat o‘zgarmagan taqdirda jamoani tark etmoqchi ekanini bildirib o‘tgandi.

Ter Shtegenning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, uning bitimida ko‘rsatilgan tovon puli miqdori 80 mln yevroni tashkil qiladi.

Bundan oldinroq, «Barselona» «Lester» darvozaboni Kasper Shmeyxelni sotib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: