Fransiya chempionati. «Nansi» 3 yillik tanaffusdan keyin Birinchi ligaga qaytdi

Sport 10:47 / 26.04.2016 1818

«Nansi» jamoasi joriy mavsumda Fransiya chempionatining quyi ligasidan yuqori ligaga o‘tish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ilk jamoa bo‘ldi. Jamoa 2 Liganing 35-turida «Sosho»ni yengdi va turnirda muddatidan oldin kuchli uchlikdagi o‘rinni naq qildi.

Nansidagi «Marsel Piko» stadionidagi bahs 1:0 hisobida yakunlandi. Yagona golni 12-daqiqada Kleman Langle urgan.

«Nansi» chempionat yakuniga 3 tur qolganida ochkolari sonini 68taga yetkazdi va endi bu jamoani kuchli to‘rtlikdagi to‘rtinchi jamoa «Gavr» (56 ochko) quvib yeta olmaydi. Birinchi ligaga qaytish uchun yana bir da'vogar jamoa «Dijon» bo‘lib turibdi.

«Nansi» 2012/13 yilgi mavsumda 18-o‘rinni egallab, quyi ligaga sho‘ng‘igandi.

Ma'lumot uchun, Birinchi ligani mavsum yakunida tark etishi aniq bo‘lgan bir jamoa nomi ham aniq bo‘lgan. Ayni vaqtda «Trua» 17 ochko bilan 20-o‘rinda qolgan.

Fransiya - Liga 2. 35-tur
Nansi (Nansi) – Sosho (Monbelyar) – 1:0
Gol: Langle, 12 (1:0).
Ogohlantirish: Pedretti, 31; Dal, 60 – Fossyure, 10; Fyush, 25; Ongen, 51; Sao, 66.

Ko‘proq yangiliklar: