Bryusseldagi “Maalbek” metro bekatida teraktdan keyin ilk qatnovlar amalga oshirildi

Jahon 10:54 / 26.04.2016 2036

25 aprel kuni Bryussel metropolitenining “Maalbek” bekati qayta ish boshladi. 22 aprelda bu bekatda poyezd portlatib yuborilgach, u yopib qo‘yilgandi.

Bekatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmagan, platforma va devorlarda yorilgan plitkalarni xuddi aslidagi holiga qaytarishgan.

Ishchilarning kuzatuvlariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni ham o‘zgarmagan. Bekatda muntazam ravishda fuqarolar xavfsiligi xizmati xodimlari faoliyat ko‘rsatishmoqda. Kirish va chiqish qismlarini esa politsiya va harbiylar nazoratga olishgan.

Bekatga kiraverishda gullar va shamchiroqlarni ko‘rish mumkin, devorga Bryusseldagi terakt qurbonlari nomi qayd etilgan hamda aholi yozib qoldirgan xatlardan iborat katta memorial doska biriktirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: