«Barselona»dagilar jamoa yetakchilaridan birini sotish haqida o‘ylay boshlashdi

Sport 16:52 / 26.04.2016 1165

AS nashrining xabar berishicha, «Barselona»da jamoaning braziliyalik hujumchisi Neymarni transferga qo‘yish haqida o‘ylashmoqda.

«Agar oldinroq «Barselona» klubi rahbariyati vakillari jamoa hujumchisi Neymarni har qanday vaziyatda ham sotmaslik kerakligiga ishonchlari komil bo‘lsa, hozirga kelib rahbariyatning barchasi bu fikrda yakdil fikrda bo‘lishmayapti», deyiladi xabarda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati vakillarining bir nechtasi futbolchi bo‘yicha boshqa jamoalarning takliflarini o‘rganib chiqishga tayyorligini bildirib o‘tgan. Bunday vaziyat Braziliya terma jamoasi futbolchisining so‘nggi vaqtlarda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayotgani sababli yuzaga kelgan.

Shu bilan birga «Barselona» hozirda moliyaviy jihadan qiyin vaziyatlarni boshidan kechirmoqda, qo‘shimcha mablag‘ esa ayni paytda juda zarur bo‘lib turibdi.

Klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu esa o‘z navbatida Neymarni sotish niyatida emas, biroq undan bor kuchi bilan o‘ynashni va proffessionallikni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymarga Madridning «Real» va Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: