Avstraliyada timsoh palatkaga kirib sayyohning oyog‘ini tishlab oldi

Jamiyat 16:28 / 26.04.2016 1076

Avstraliya shimolida timsoh uxlab yotgan sayyohning palatasiga kirib, uning oyog‘ini tishlab oldi. 19 yoshli o‘spirinning so‘zlariga ko‘ra, u yirtqichdan qutulishga muvaffaq bo‘lgan.

Piter Rozvell oilasi bilan Palm-Krik daryosi qirg‘og‘ida dam olayotgandi. Yigitchaning so‘zlari bo‘yicha, tunlarning birida o‘smir kimdir oyog‘idan turtkilayotganidan uyg‘onib ketadi. Uyg‘onib, u “uch yoki to‘rt metrli uzunlikdagi timsoh”ni ko‘radi.

Rozvell krokodildan qutilib, hatto uni daryoga haydab yuborgan.

Voqeadan keyinoq, uning opasi Rozvella uni shifoxonaga jarohatini ko‘rsatishga olib bordi. Tishlab olingan jarohat hayot uchun xavfli emas ekani aniqlandi.

Yaqinroqdagi Ketrin shahri meri muxbirlar bilan suhbatda ushbu suv bo‘yi dam olish mintaqasida timsohlar tobora ko‘proq uchrayotganini qayd etdi. Mer ularning tarqalishini qisqartirishga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: