Bangladesh hududida faoliyat olib boruvchi "Ansor al-Islom" terroristik guruhi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xodimi, AQShning Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi elchixonasida ishlab kelgan Zulhaz Mennanning o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu haqda AQShdagi nodavlat tashkiloti bo‘lmish SITE ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu guruh "Al-Qoida" bilan aloqador hisoblanadi.
Bundan oldinroq, Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Ned Prays 25 aprel kuni Dakkada ekstremistlar tomonidan o‘ldirilgan amerikalik AQSh elchixonasi vakili ekani haqidagi ma'lumotni tasdiqlagandi.
Bangladesh politsiyasi diniy ekstremistlar 25 aprel kuni Dakkadagi Mennan yashaydigan uyga xat tashuvchi sifatida niqoblanib, qurollangan holda bostirib kirgani hamda uy egasi va uning yonida bo‘lganlarga hujum qilib, 2 kishini so‘yib tashlashgani haqida xabar qilgandi. Uydagilardan yana biri jarohatlangan. Mennan bilan birga mamlakatdagi jinsiy ozchilik manfaatlarini yoqlovchi nashr muharriri o‘ldirilgan.