UzReport TV YeChL yarim finali uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etadi

Sport 15:10 / 25.04.2016 2115

UzReport TV telekanali Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda muxlislar e'tiboriga havola qiladi.

26 aprel kuni Manchester shahridagi «Etihad Stedium»da «Manchester Siti» - «Real» to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.

27 aprel chorshanba kuni esa Madriddagi «Visente Kalderon» o‘yingohida «Atletiko» klubi «Bavariya»ni qabul qiladi.

Har ikki uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. Ushbu o‘yinlarni Davron Fayziyev va Yoqubjon Bobojonov sharhlab borishadi.

UzReport TV telekanali 2015 yil 1 dekabrdan o‘z ko‘rsatuv va dasturlarini «Yamal 401» sun'iy yo‘ldoshi orqali uzatishni boshladi.

Telekanal biznes yo‘nalishidagi ko‘rsatuvlar, ma'rifiy-ommabop dasturlar bilan bir qatorda, 2015 yildan boshlab futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi va Angliya Premer-ligasi uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etib kelmoqda.

Telekanal signalini qabul qilish uchun texnik ko‘rsatkichlar:

- Sun'iy yo‘ldosh — «Yamal 401», Ku diapazonining 90 daraja shimoliy nuri;
- Qabul chastotasi — 11,505705 GGts;
- Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
- Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2;
- Qabul polyarizatsiyasi — vertikal;
- Ajrata olish o‘lchami — standart (720 x 576i);
- Kompressiya — MPEG-4;
- Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.

Ko‘proq yangiliklar: