Turkiyaning Kilis shahri o‘qqa tutilishi oqibatida qurbonlar bo‘ldi

Jahon 00:43 / 25.04.2016 1882

24 aprelda Turkiyaning Suriya bilan chegarasida joylashgan Kilis shahri ikki marta o‘qqa tutildi. Bu haqda Hurriyet nashriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyaning IShID jangarilari egallagan hududidan bir nechta raketa otilgan.

Ikkita raketa shaharning markaziy qismidagi ikkita uyga, keyinroq shahar gubernatorining devonxonasidan 100 metr uzoqlikda joylashgan masjidga tekkan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, masjidda bir kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangan. Yana 16 kishi uylarning o‘qqa tutilishi oqibatida jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: