Turkiyaga Bild nashri fotosuratchisi kiritilmadi

Jahon 15:15 / 25.04.2016 1123

Turkiya hukumati Germaniyaning Bild nashri fotosuratchisini mamlakat hududiga kiritmadi.

Nashrning yozishicha, kelib chiqishi gretsiyalik bo‘lgan Giorgos Mutafis Istanbul aeroportiga kelganida pasport nazoratidan o‘ta olmagan. U Istanbuldan Liviyaga o‘tmoqchi bo‘lgandi. Lekin u Afinaga qaytishiga to‘g‘ri kelgan.

"Pasport nazoratidagilar mening nomim qandaydir ro‘yxatga tirkalgani va Turkiyaga kira olmasligim haqida aytishdi. Ular avvaliga, kunning boshida pasportimni olishdi va uni faqat kun oxirida qaytarishdi. Tunni terminalda o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Men bunday ro‘yxatga nima uchun kirib qolganimni aytishmadi", degan Mutafis.

Keyingi yillarda Giorgos Mutafis Suriya va Iroqda bo‘lgan, qochqinlarning hayoti haqida bir qancha muvaffaqiyatli reportajlar uyushtirgandi. U Reuters agentligi, Time, Newsweek jurnallari hamda Al Jazeera va CNN telekanallariga ham ishlaydi.

Bunda oldinroq, 23 aprel kuni0 Niderlandiyadagi Metro nashrida sharhlovchi bo‘lib ishlaydigan Ebru Umar Izmir viloyati, Kushadasi shahridagi uyida hibsda olingandi. Bunga jurnalistning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tanqidiy munosabati sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.

25 aprel kuni jurnalistning qo‘yib yuborilgani haqida xabar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: