Shvetsiyalik radiohavaskor Xalqaro koinot stansiyasidan signal tutib, fazogirlar suhbatini tinglay oldi

Jahon 08:50 / 25.04.2016 1794

Shvetsiyalik radiohavaskorning ta'kidlashicha, u Xalqaro koinot stansiyasi chastotasiga sozlana olgan. U o‘zining YouTube’dagi kanalida mazmuni bo‘yicha fazogirlarning suhbatiga o‘xshash bo‘lgan yozuvni chop etdi.

"Fikrimcha, men Shvetsiyaning janubiy o‘rmonlarida Ericsson P504 qurilmasiga XKSdan signal qabul qildim", deb izoh berdi erkak.

Uning aytishicha, fazogirlardan biri intervyu bergan bo‘lishi mumkin, chunki fazogirning so‘zlari savollarga javoblarga o‘xshab yangragan.

"Biroq qolgan tizimlarga yetib borishimiz mushkul. Texnik jihatdan bora olamiz, biroq bu uzoq vaqt ham oladi, ham bu yo‘lda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Misol uchun, radiatsiya maydonlari va shu hokazo. Va bunda yengib o‘tish kerak bo‘lgan ko‘plab to‘siqlar, texnik masalalar mavjud... Shuning uchun bu oson yo‘l emas. Unga e'tiborlik, sinchkovlik bilan tayyorlanish lozim", deyilmoqda audioyozuvda.

Noma'lum fazogir, shuningdek, o‘zining xotiralari, koinotga yetmoq uchun qanday mashg‘ulot o‘tkazgani, koinotda odam boshidan o‘tkazadigan yuklamalar haqida ham so‘zlaydi.

"Koinotda odam bilan ko‘p narsa yuz berishi mumkin. Misol uchun, vaznsizlik, yer tortish kuchining yo‘qligi organizmda suyuqlikning qayta taqsimlanishi va suyaklarga yuklamaning tushmasligiga olib keladi. Bu tufayli organizmda o‘zgarishlar yuz beradi va ularni kompensatsiyalash uchun har kuni mashq qilish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi", deb qo‘shimcha qiladi fazogir.

Ko‘proq yangiliklar: