Sheremetevo aeroporti hududida yashab kelgan suriyalik qochqinlarga Rossiyadan boshpana berildi

Jahon 19:54 / 25.04.2016 905

2015 yilning sentabridan buyon Moskvadagi Sheremetevo aeroportining tranzit hududida yashab kelgan suriyalik qochqinlarga Rossiyadan boshpana berildi. Ularga boshpana berish so‘ralgan arznoma Change.org saytiga joylashtirilgan va unga 162 253 kishi ovoz bergan.

"Menda sizlar uchun yaxshi yangilik bor! Nihoyat bizga Rossiyada yashash huquqi berildi. Bizning qo‘limizda buni tasdiqlaydigan rasmiy hujjatlar mavjud", deya murojaat qilgan oila boshlig‘i.

Qayd etilishicha, ular Samaradagi qarindoshlarinikida yashashlari mumkin bo‘ladi.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov suriyalik bu qochqinlar oilasi bilan bog‘liq vaziyat FMSning xato harakati tufayli emasligi, ular Rossiya chegarasini qalbaki hujjatlar bilan kesib o‘tishga uringanida to‘xtatilganini bayon qilgandi.

2015 yilning 31 oktabrida qochqinlar aeroport hududida yashayotganiga 2 oyga yaqin vaqt bo‘lganida Rossiya Federal migratsiya xizmati bu oilaga boshpana berishdan bosh tortdi.

Qozog‘istonlik ayol suriyalik eri va bolalari bilan Sheremetevo aeroportida 1,5 oy yashadi

Ko‘proq yangiliklar: