Rafael Nadal Barselonadagi turnirda g‘olib bo‘lib rekord o‘rnatdi

Sport 12:16 / 25.04.2016 963

Tennis bo‘yicha Barselonadagi turnir finalida yaponiyalik Kei Nisikorini 6:4, 7:5 hisoblarida mag‘lub etgan ispaniyalik tennischi Rafael Nadal to‘qqizinchi marta mazkur turnirning g‘olibiga aylandi. Shu tariqa, Barselonadagi turnir Nadal to‘qqiz marta yutgan uchinchi turnir bo‘ldi, bundan avval u bunday natijaga Monte-Karlo va "Rolan Garros"da erishgan edi. Mana shu uch turnirda tennischi o‘zining 69ta titulidan 27tasini qo‘lga kiritgan.

Nadal - bir turnirda sakkiz martadan ko‘p g‘alabaga erishgan yagona tennischi.

Bundan tashqari, Barselonadagi turnir natijasiga ko‘ra, ispaniyalik tennischi grunt kortlarida olingan titullari soni bo‘yicha (49) Gilermo Vilasga tenglashib oldi. Endi ular Ochiq davrda bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.

Ko‘proq yangiliklar: