Qirg‘iziston janubida tog‘ ko‘chkilari oqibatida o‘nlab xonadonlar xavf ostida qoldi

Jahon 12:06 / 25.04.2016 908

Qirg‘iziston respublikasi Jalolobod viloyati Suzoq tumanida 1,2 million kub metr hajmli tog‘ ko‘chkisi yemirilib tushdi. Bu haqda respublika FVV xabar berdi.

“Ko‘chki oqibatida Almaluu-Bulak qishlog‘idagi bir necha xo‘jalik qurilishlari vayron bo‘lgan, halok bo‘lgan va jabr ko‘rganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

Loy-toshli ulkan massalar harakatlanishda davom etmoqda va Almuluu tog‘ daryosi o‘zanini butunlay to‘sib qo‘yish xavfini tug‘dirmoqda.

“Bunday holatda73 ta xonadon suv ostida qolish ehtimoli mavjud. Ushbu favqulodda vaziyat tufayli Qirg‘iziston FVV monitoring va prognoz departamenti mutaxassislari “mazkur hududni tadqiq etmoqda”, deyiladi xabarda.

Hatto ekstremal holatlarning oldini olish maqsadida mahalliy aholiga “ushbu hududlardan foydalanmaslik” haqida topshiriq berildi. FVV ma'lumotlariga ko‘ra, tog‘ ko‘chkilariga bir necha kun davomida uzluksiz yoqqan yomg‘irlar sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: