Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning dastlabki norasmiy uchrashuvi 25 aprel, dushanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
"Bugun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tashrifining norasmiy qismi o‘tkaziladi. U Moskvaga bugun yetib keladi va ikki davlat prezidentlari yuzma-yuz uchrashib, birgalikda tushlik qilishadi", — degan Peskov.
Matbuot kotibining bildirishicha, 26 aprel kuni tashrifning muzokaralar va hujjatlar imzolash kabi rasmiy qismlari o‘tkaziladi.
Ikki davlat rahbarlari xalqaro va hududiy masalalar bo‘yicha fikr almashib, MDH, ShHT va BMT kabi ko‘p tomonli tashkilotlar doirasidagi mintaqaviy hamda xalqaro masalalarning dolzarb jihatlarini, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikrlar almashishadi.