Obama Merkelning qochqinlar bo‘yicha tutgan yo‘lini qo‘llab-quvvatladi

Jahon 08:41 / 25.04.2016 906

AQSh prezidenti Barak Obama Germaniya kansleri Angela Merkelning Yevropa migratsiya inqirozi bo‘yicha tutgan yo‘lini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Bu borada Merkel haq yo‘lda turibdi. Bu globallashgan dunyoda biz uchun shunchaki devorni qurish juda mushkuldir", deb aytdi Obama Merkel bilan Gannoverda bergan matbuot anjumanida.

Avvalroq Germaniya kansleri va Yevrokengash raisi Donald Tusk Turkiyadagi suriyalik qochqinlar lageriga tashrif buyurgani ma'lum qilingandi.

Shuningdek, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Yevropaga tushuvchi muhojirlarning soni ancha kamayganini ma'lum qilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: