24 aprelda ma'lum bo‘lishicha, F-16 qiruvchi samolyoti 13 apreldagi otish mashg‘ulotlarida xato tufayli Norvegiyaning g‘arbiy sohilbo‘yi yaqinidagi Tarva orolida joylashgan tomosha minorasini o‘qqa tutgan. Bu payt minorada 3 kishi bo‘lgan. Mo‘'jizagina tufayli qurbonlar bo‘lmagan.
Samolyot minoradan 500 metr nariroqda joylashgan nishonni poylashi kerak bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Biroq, Norvegiya qirollik harbiy-havo kuchlari vakilining aytishicha, "nimadir izdan chiqqan".