NASA «Kepler» teleskopining faoliyatini qayta tikladi

Fan-texnika 09:51 / 25.04.2016 1160

NASA mutaxassislari, «Kepler» orbital teleskopining ishini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Aprel oyi boshlarida teleskop faoliyatida nuqsonlar kuzatilgan edi, deb aniqlik kiritiladi kosmik agentlik saytida.

Dastur rahbari Charlz Sobekning so‘zlariga ko‘ra, «Kepler» yana ishlayapti, u quyosh tizimi tashqarisida ekzosayyoralarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda».

Ayni vaqtda, NASA ekspertlari, teleskopni ishdan chiqishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashmoqda.

Bundan avval, xalqaro astrofiziklar guruhi ekzosayyoralarni qidirish bo‘yicha yaxshilangan usulni ishlab chiqishgan edi. U, kuzatishlar aniqligini oshirish va hisoblash chog‘ida xatoga yo‘l qo‘yish ehtimolini kamaytiradi.

Ko‘proq yangiliklar: