Aralash qoidalar bo‘yicha yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor biroz oldinroq o‘z professional faoliyatini yakunlagan bo‘lishiga qaramasdan UFC 200 turnirida ishtirok etishi haqida ma'lum qildi.
«Mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamanki, men UFC 200ga qaytaman! Buning uchun Dane Uayt (UFC prezidenti - tahririyat) va Lorentso Fertittega minnadorchilik bildirish kerak. Ular muxlislar uchun shuni ta'minlashdi. Hurmat bilan», — deya yozgan u o‘z tvitterida.
Bundan oldinroq, Makgregor Neyt Dias bilan jangga katta kampaniya o‘tkaza olmagani va shu tufayli kerakli mashg‘ulotlar o‘tkazishining iloji bo‘lmagani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni o‘tkazilgan jangda Dias jahon chempioni MakGregorni muddatidan avval mag‘lub etgandi. Lekin o‘sha jang chempionlik kamari uchun kechmagandi. Agar revansh jangi tasdiqlansa, bu jang 9 iyul kuni UFC 200 kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Nevada shtati atletik komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, birinchi jang translyatsiyalari, homiylik to‘lovlari va bonuslaridan Makgregor 1 mln dollar olgan. U shu sport turi tarixidagi eng katta maosh olgan sportchiga aylangan. Bundan oldingi eng yaxshi ko‘rsatkich, braziliyalik Andres Silvaga tegishli bo‘lgan, u 2015 yilda Nik Dias bilan jangi uchun 800 ming dollar olgandi.
Irlandiyalik sportchi shu vaqtgacha 19 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. 30 yoshli Diasning hisobida esa 19 g‘alaba va 10 mag‘lubiyat bor.