Germaniyaning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus myunxenliklarning bo‘lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Anchelottini ajoyib futbolchi bo‘lganidan buyon yaxshi eslayman. U Arrigo Sakki boshchiligidagi «Milan»ning «miya»si edi. U «Chelsi», «PSJ» bilan yaxshi natijalarga erishdi va «Real» bilan YeChLda g‘alaba qozondi.
Uning bir necha shogirdlari menga Karloni nafaqat buyuk murabbiy, ulkan yurakli inson ekanini ham aytib berishgan. Anchelottining barcha bilan yaxshi munosabatlari bor. U jamoa uchun Gvardioladan keyin eng yaxshi variant edi», – deydi Matteus.