JAR Eron bilan savdo almashinuvi hajmini 1 yilda 8 mlrd dollargacha ko‘tarishni maqsad qildi

Jahon 10:28 / 25.04.2016 1032

JAR hukumati yaqin 4 yilda Eron bilan savdo almashinuvi hajmini yiliga 8 milliard dollargacha ko‘tarishini maqsad qilib qo‘ydi. Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jyeykob Zuma Tehrondagi Eron-JAR biznes-forumida ishtirok etib, shu haqida ma'lum qilgan.

"Janubiy Afrika respublikasi Eron bilan savdo almashinuvining yillik hajmini yaqin to‘rt yil ichida 8 milliard dollargacha ko‘tarishga harakat qiladi", deya Eron matbuot xizmati JAR prezidentining so‘zlarini keltirgan.

Jyeykob Zuma bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 350 million dollarni tashkil qildi. Shuningdek, u rasmiy Pretoriya Tehronni o‘zining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo minatqasidagi strategik hamkori sifatida ko‘rishini ta'kidladi.

24 aprel kuni Tehronda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Jyeykob Zuma bilan muzokara olib bordi, Islom Respublikasining ma'naviy yetakchisi va rahbari Oyatulloh Ali Hameneiy tomonidan kutib olindi. Bugun, 25 aprelda Eron va JAR turli sohadagi hamkorlikka oid sakkizta hujjatni imzolashdi.

Ko‘proq yangiliklar: