Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Xitoy klublari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda, deb yozadi Le 10 Sport nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, bir qator Xitoy jamoalari Ibrahimovichni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Ammo Zlatan Yevropa jamoalaridan birida to‘p surishni istamoqda va faqatgina astronomik darajadagi mablag‘ to‘lansagina Osiyoda to‘p surishga rozilik berishini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan oldinroq, Xitoydagi klublardan biri futbolchiga yiliga 70 mln yevro yillik maosh taklif qilgan, biroq shvetsiyalik bu taklifni rad etgan.
Ibrahimovichning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi mavsum nihoyasiga yetgach, tugaydi.
Joriy mavsumda futbolchi 27 uchrashuvda maydonga chiqib, 32 gol va 13 samarali uzatmalarni amalga oshirgan.