Fransiyadagi maktab atrofida yuz bergan otishma natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Jahon 16:02 / 25.04.2016 987

Fransiyaning Grenobl shahridagi boshlang‘ich maktab atrofida sodir etilgan otishma natijasida ikki kishi nobud bo‘ldi va bir kishi og‘ir jarohatlangan. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Voqea 25 aprel kuni mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10 da bo‘lib o‘tgan. Bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi bir necha daqiqadan so‘ng olingan jarohatlar tufayli olamdan ko‘z yumgan.

Mahalliy politsiya otishma bo‘lgan kvartalni o‘rab oldi. Taxminlarga ko‘ra, otishmaga mahalliy jinoiy guruhlarning nizosidan kelib chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: