Buyuk Britaniyada shifokorlarning ish tashlashi tufayli 125 mingdan ortiq operatsiya va qabullar bekor qilindi

Jahon 15:07 / 25.04.2016 1533

Buyuk Britaniyada tibbiyot muassasalari xodimlarining ish tashlashi oqibatida 125 mingdan ortiq jarrohlik amaliyotlari va shifokor qabullari bekor qilindi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, 26- 27 aprel kunlari Britaniya tibbiyot birlashmasi (BMA) a'zolari bo‘lmish yosh shifokorlar 48 soatlik ish tashlash o‘tkazadi. Shu ikki kun davomida ular bemorlarga hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatishmaydi, shifoxonalarda esa ularning o‘rnini katta yoshli hamkasblari egallaydi.

Mamlakat hududidagi har 3 shifoxonadan bittasi tang ahvolda. Taxminan 38 foiz tibbiyot muassasalari bemorlar soni ko‘pligi tufayli tezkor choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqda.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Jyeremi Hant ish tashlash ishtirokchilaridan o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘radi, chunki norozilik aksiyasi butun mamlakat bo‘ylab bemorlarning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Ko‘proq yangiliklar: