Bolgariyadagi qurol zavodida portlash yuz berishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Jahon 15:52 / 25.04.2016 971

Bolgariyada joylashgan qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Arsenal» zavodida portlash yuz berdi. Mahalliy OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash tufayli 2 kishi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, portlash zavod binolaridan birini ta'mirlash vaqtida ro‘y bergan.

Politsiya xodimlari yetib kelib, atrofni tekshirish ishlarini boshlashgan. Qayd etilishicha, navbatdagi portlash xavfi mavjud emas.

Ayni vaqtda hodisa sabablari va boshqa tafsilotlarni aniqlash uchun tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: