Videorolikda tasvirlangan to‘y marosimi Turkiyaning Trabzon shahrida bo‘lib o‘tgan. To‘yini antiqa va noodatiy tarzda o‘tkazishni istagan kelin va kuyov havoda harakatlanayotgan qayiqdan yiqilib tushgan.
Marosimni odatdagi Turkiya urf-odatlariga nomuvofiq tarzda o‘tkazmoqchi bo‘lgan, antiqa qayiqlar bilan mehmonlarga o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoqchi bo‘lgan kuyov nafaqat o‘zi, balki umr yo‘ldoshining hayotini xavf ostiga qo‘yib, sog‘lig‘iga putur yetkazdi.
Bu nima?..
Boylikni ko‘z-ko‘z qilishmi, odamlar hayratiga sabab bo‘lishmi, zamonaviy dunyoning telba o‘yinlarimi, orzu-havasmi va yoki peshonada yozilganimi?..
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar turlicha bo‘lib, ularning aksariyati bu holatni kulguga olgan bo‘lsa, boshqalari kelinga rahmi kelib, kuyovning bu "qilig‘i"ni qattiq tanqid qilishgan.