«Barselona» jamoasi rahbariyati keyingi mavsumda xarid qilishni rejalashtirgan bir qator futbolchilar qatorida darvozabon ham bor.
The Mirror nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar jamoasi «Lester» darvozaboni Kasper Shmeyxelga e'tibor qaratgan. Kataloniyaliklar klubida ushbu darvozabon germaniyalik Mark-Andre ter Shtegenning o‘rniga olib kelinishi mumkinligini istisno qilishmagan. Bungacha germaniyalik darvozabon o‘ziga juda kam o‘yin amaliyoti berilayotgani, Ispaniya chempionatidagi o‘yinlarda maydonga tushmayotganidan bir necha marta noroziligini bildirgandi. U mavsum yakunida jamoani tark etib, Angliya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Joriy mavsumda kichik Shmeyxel APLning shu paytgacha o‘tkazilgan barcha 35 uchrashuvida jamoasi darvozasini qo‘riqlagan va 33 gol o‘tkazgan. U jamoasi bilan mavsum chempioni bo‘lish arafasida turibdi.