AQShda politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan bola oilasiga 6 mln dollar to‘lanadigan bo‘ldi

Jamiyat 21:54 / 25.04.2016 1413

AQShda politsiyachilar tomonidan o‘qqa tutilgan 12 yoshli qora tanli bola oilasiga 6 mln dollar to‘lanadi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bu pullarni Klivlend shtati hukumati to‘laydi.

Rays ismli bola 2014 yil 22 noyabrda otib o‘ldirilgan. Bola haqiqiy to‘pponchaga o‘xshash o‘yinchoq to‘pponcha bilan o‘ynab yurganda, buni ko‘rgan guvohlar to‘pponchani haqiqiy deb o‘ylab, politsiyaga xabar berganlar.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar bolaga qo‘llarini ko‘tarishni buyurishgan, biroq bola kamaridagi o‘yinchoq to‘pponchaga qo‘lini uzatayotganda politsiyachilar tomondan 2 ta o‘q bilan o‘ldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: