AQSh harbiy inspektorlari, 2016 yil 25-30 aprel kunlari OS-135B samolyotida Rossiya hududlarini ko‘zdan kechiradi. Ushbu parvozlar Ochiq osmon shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.
Bu haqda, RF mudofaa vazirligiga qarashli yadro xavfini kamaytirish milliy markazi rahbari Sergey Rijkov ma'lum qilgan.
Bunda Amerika samolyotidagi rus mutaxassislari, parvozning kelishilgan jihatlariga qanchalik rioya etilishi va shartnomada belgilab qo‘yilgan kuzatuv qurilmalari foydalanishini nazorat qilishadi, deb aniqlik kiritgan Rijkov.
Uning aytishicha, OS-135B samolyoti konstruksiyasi biron-bir qurolni qo‘llashga imkon bermaydi.
Ochiq osmon shartnomasi 1992 yilda imzolangan, Rossiya uni 2001 yilda ratifikatsiya qilgandi. Ayni vaqtda ushbu shartnoma ishida 30dan ortiq mamlakat qatnashadi. Hujjatga ko‘ra, kelishuvga a'zo davlatlar doimiy ravishda o‘zaro nazorat parvozlarini amalga oshirib keladi.