Ustasi farang tadbirkorlarning “rizqi” qirqildi...

Jamiyat 18:36 / 24.04.2016 2170

Avaz Qobulov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Quyi Rovuston MFYdagi xonadoniga yashirin tarzda qo‘lbola moyjuvoz o‘rnatib, chigitdan yog‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonida qo‘lbola moyjuvoz, 9 kg.tozalanmagan paxta yog‘i, 20 kg.kunjara, 270 kg. chigit va turli xajmdagi idishlar, elektr jihozlar, jami 1 mln. 300 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. 1992 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan Inoyat Shamsiyeva ham Avaz Qobulovning yo‘lini tutganlardan ekan.

Inoyat Shamsiyevaning xonadonida o‘tkazilgan tadbirda jami 3 mln.914 ming so‘mlik buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi. Har ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, huqubazarlar sud hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Ko‘proq yangiliklar: